АКБ «Банк развития бизнеса»
Operatsion risk menejeri
Что JobRadar наблюдает сейчас
Балл строится только на фактах из источников: свежести подтверждения, возрасте записи и происхождении вакансии. Это не гарантия найма и не оценка работодателя.
Описание вакансии
🔷 SIZNING VAZIFALARINGIZ
Sodir bo'lgan yoki sodir bo'lishi mumkin bo'lgan operatsion risk hodisalarini kunlik va oylik monitoring qilish;
Operatsion risklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish va ular bo'yicha hisobot tayyorlash uchun uslubiyot hamda vositalarni ishlab chiqish va dolzarb holatda saqlash;
Risk-appetit va tavakkalchilik chegaralari buzilishini yoki unga yaqinlashishni oldindan aniqlash uchun erta ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
Markaziy bankning operatsion risklarga oid me'yoriy talablariga (jumladan, 3427-son Nizom) muvofiqlikni ta'minlash va tegishli ichki hujjatlarni dolzarb holatda saqlash;
Yangi mahsulotlar joriy etilishidan oldin ular bilan bog'liq operatsion risklar bo'yicha xulosalar tayyorlash, shuningdek bank xizmatlari narx siyosatining tavakkalchilik va xarajatlarga muvofiqligini baholash;
Har chorakda stress-testlar (ssenariy tahlillari) o'tkazish va natijalarning limitlar, risk-appetit hamda kapitalga ta'sirini baholash;
Bank risk-profilini yiliga kamida bir marta baholash va uning risk-appetit hamda tavakkalchilik chegaralariga muvofiqligini tekshirish;
Kuzatuv kengashi va Risklarni boshqarish qo'mitasiga har chorakda, Bank boshqaruviga esa har oyda kamida bir marta operatsion risklar bo'yicha hisobot taqdim etish;
Qayta tiklash rejasini (recovery plan) ishlab chiqish, testdan o'tkazish va muntazam yangilab borishni tashkil etish;
OPERRISK dasturi orqali operatsion risk hodisalarini ekspertizadan o'tkazish, yo'qotishlarning to'g'ri baholanganini tekshirish hamda ularning qoplanishi (aybdorlardan undirish, sug'urta, uchinchi shaxslar orqali) ustidan nazorat olib borish;
Operatsion risklarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish, ma'lumotlar sifati, to'liqligi va hisobotlar ishonchliligini nazorat qilish;
Komplaens-nazorat, Ichki audit, Axborot texnologiyalari departamentlari hamda Axborot xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda ishlash;
Bank xodimlari uchun operatsion risklar…
Здесь показан очищенный фрагмент описания из источника. Полные условия и актуальность вакансии проверьте на странице работодателя.