SHOESTEILL
Sotuvchi-konsultant — DILMUSS
Что JobRadar наблюдает сейчас
Балл строится только на фактах из источников: свежести подтверждения, возрасте записи и происхождении вакансии. Это не гарантия найма и не оценка работодателя.
Описание вакансии
Modani yaxshi ko‘rasizmi? Odamlar bilan muloqot qilish va ularga o‘z uslubini topishda yordam berish sizga yoqadimi? Unda DILMUSS jamoasiga qo‘shiling!
DILMUSS — zamonaviy kiyim-kechak va aksessuarlar do‘konlari tarmog‘i. Biz xaridorlarga nafaqat mahsulot, balki yoqimli xarid tajribasini taqdim etishga intilamiz. Jamoamizga faol, xushmuomala va natijaga intiluvchi sotuvchi-konsultantlar izlayapmiz!
Sizning vazifalaringiz:
- Xaridorlarni samimiy kutib olish va ularga mahsulot tanlashda yordam berish.
- Kiyimlarning o‘lchami, rangi, fasoni va matosi haqida maslahat berish.
- Xaridorlarga to‘liq obraz yaratishda yordam berish, aksessuar va qo‘shimcha mahsulotlarni tavsiya qilish.
- Aksiyalar, chegirmalar va bonus dasturlari haqida ma’lumot berish.
- Savdo rejasini bajarish va savdo natijalarini yaxshilashga hissa qo‘shish.
- Savdo zalida tartibni saqlash, mahsulotlarni belgilangan standartlar asosida joylashtirish.
- DILMUSS xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.
Biz kimni izlayapmiz?
- Xushmuomala, faol va mas’uliyatli nomzodlarni.
- O‘zbek tilini mukammal biladigan, rus tilini bilishi afzallik bo‘lgan nomzodlarni.
- Moda, kiyim-kechak va aksessuarlarga qiziqadiganlarni.
- Jamoada ishlashni va yangi bilimlarni o‘rganishni istaydiganlarni.
- Savdo sohasida tajribasi bor nomzodlarni qadrlaymiz, ammo tajriba majburiy emas.
Nima uchun DILMUSS?
- Fashion-riteylda tajriba orttirish imkoniyati.
- Mahsulotlar assortimenti va savdo texnikalari bo‘yicha o‘rganish.
- Kasbiy rivojlanish va yangi ko‘nikmalarni egallash.
- Birgalikda natijalarga erishadigan jamoada ishlash.
Ish sharoitlari:
- Ish joyi: Toshkent shahridagi DILMUSS do‘konlari.
- Maosh: 3 000 000 dan 4 500 000.
- Ish grafigi: 9:00 dan 18:00 gacha va 14:00 23:00 gacha.
- Rasmiy ishga joylashish shartlari: suhbat davomida aniqlashtiriladi.
O‘zingizni savdo sohasida sinab ko‘rishga tayyormisiz?
Agar siz odamlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, moda olamiga qiziqsangiz…
Здесь показан очищенный фрагмент описания из источника. Полные условия и актуальность вакансии проверьте на странице работодателя.