BT
BTS Express Cargo Servis
QA Engineer
Описание вакансии
BTS Express IT jamoasiga QA Engineer izlayapmiz.
Biz logistika jarayonlarini raqamlashtiruvchi ERP tizimi ustida ishlaymiz. Mahsulotimiz web-platforma, Android/iOS mobil ilovalari va tashqi tizimlar bilan REST API integratsiyalarini o‘z ichiga oladi.
Bizga mahsulot sifatiga mas’uliyat bilan yondashadigan, vazifani tahlil qilishdan boshlab release'gacha bo‘lgan test jarayonini mustaqil olib bora oladigan QA mutaxassisi kerak.
Vazifalar:
- Web va mobil ilovalarni to‘liq test qilish: vazifani qabul qilishdan release'gacha;
- talablarni tahlil qilish, backlog grooming va planning jarayonlarida ishtirok etish hamda test uchun vaqtni baholash;
- yangi feature'lar uchun test strategiyasi va test qamrovini belgilash;
- test case, checklist va regression to‘plamlarini ishlab chiqish va ularning dolzarbligini ta’minlash;
- functional, regression va smoke testlarni o‘tkazish;
- release oldidan va release'dan keyingi tekshiruvlarni amalga oshirish;
- REST API'larni Postman orqali test qilish, collection, environment va avtomatik tekshiruvlar bilan ishlash;
- to‘lov tizimlari, SMS, webhook va boshqa tashqi integratsiyalarni test qilish;
- test ma’lumotlarini tayyorlash va natijalarni SQL orqali ma’lumotlar bazasida tekshirish;
- xatoliklarni aniqlash va lokalizatsiya qilish: frontend, API yoki ma’lumotlar darajasida;
- aniqlangan xatoliklarni qayd etish va ularning tuzatilishini nazorat qilish;
- test jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish va junior QA mutaxassislariga yordam berish.
Biz uchun muhim:
- Manual QA yo‘nalishida kamida 2 yil tijoriy tajriba ;
- test nazariyasi, test turlari va test dizayn texnikalarini amalda qo‘llay olish;
- equivalence partitioning, boundary value analysis, decision table va state transition kabi test dizayn usullarini tushunish;
- bug life cycle, severity va priority tushunchalarini yaxshi bilish;
- test plan, test case va checklist'larni mustaqil tuza olish;
- HTTP va REST bilan yaxshi ishlash: methods, status…
Здесь показан очищенный фрагмент описания из источника. Полные условия и актуальность вакансии проверьте на странице работодателя.
ИсточникHeadHunter / IT / UZ