← К каталогу
НА

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Head of Data governance and AI

ОфисLeadТашкент, Узбекистан16 ч назад
О ВАКАНСИИ

Описание вакансии

Biz O‘zbekiston rasmiy statistikasida ma’lumotlarni boshqarish tizimini rivojlantirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga rahbarlik qila oladigan yuqori malakali rahbarni izlayapmiz.

Asosiy vazifalar:

  • Data Governance va AI strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish;
  • ma’lumotlarni boshqarish, integratsiya qilish, ularning sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda ulardan foydalanishga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish;
  • sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganishga asoslangan yechimlarni rivojlantirish;
  • Data Warehouse, Big Data, metama’lumotlar va ma’muriy ma’lumotlar manbalariga oid loyihalarni muvofiqlashtirish;
  • jamoaga rahbarlik qilish hamda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va texnologik hamkorlar bilan hamkorlik olib borish;
  • xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish.

Asosiy talablar:

  • Data Governance, Data Management va Artificial Intelligence sohalarida chuqur professional bilim va tasdiqlangan amaliy tajriba;
  • axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, Data Science, statistika, iqtisodiyot, amaliy matematika yoki boshqa turdosh yo‘nalishlarda oliy ma’lumot (yetakchi xorijiy ta’lim muassasasida olingan ta’lim ustunlik beradi);
  • o‘zbek, rus va ingliz tillarini ishonchli darajada bilish;
  • rahbarlik tajribasi, strategik fikrlash va kuchli tahliliy ko‘nikmalar;
  • ma’lumotlarni boshqarish siyosati, arxitekturasi va tizimlarini ishlab chiqish hamda joriy etish tajribasi;
  • kompleks idoralararo va texnologik loyihalarga rahbarlik qilish qobiliyati.

Xalqaro ish tajribasi, xalqaro tashkilotlar loyihalaridagi ishtirok, shuningdek milliy statistika organlari yoki davlat axborot tizimlari bilan hamkorlik tajribasi muhim ustunlik hisoblanadi.

Ish Afzalliklari:

  • Munosib ish haqi (individual tartibda kelishiladi);
  • Kasbiy rivojlanish va lavozim o‘sishi imkoniyatlari;
  • Yuqori mas’uliyatga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi tizimida faoliyat yuritish;
  • Tashkilot hisobidan malaka oshirish va o‘quv…

Здесь показан очищенный фрагмент описания из источника. Полные условия и актуальность вакансии проверьте на странице работодателя.

ИсточникHeadHunter / IT / UZ