← К каталогу
НА

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Data engineer (Middle+)

ОфисMiddleТашкент, Узбекистанвчера
Компенсацияот 12 000 000 UZS
О ВАКАНСИИ

Описание вакансии

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi huzuridagi “DigitStat — Raqamli statistika markazi” MCHJ jamoasi katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, zamonaviy ma’lumotlar infratuzilmasini yaratish va Data Engineering yechimlarini rivojlantirishga tayyor bo‘lgan malakali mutaxassisni Data Engineer (Middle+) lavozimiga taklif etadi.

DigitStat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, milliy statistika tizimini raqamlashtirish bo‘yicha yagona integrator hisoblanadi.

Agar siz ma’lumotlar omborlarini noldan qurish, murakkab ETL/ELT jarayonlarini avtomatlashtirish, katta hajmdagi ma’lumotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash hamda davlat miqyosidagi raqamli mahsulotlarni yaratishda ishtirok etishni istasangiz — ushbu vakansiya aynan siz uchun!

Lavozim majburiyatlari:

  • Markazning markaziy ma’lumotlar omborini (DWH) ko‘p qatlamli arxitektura asosida loyihalash, yaratish va rivojlantirish: xom ma’lumotlar → tozalangan ma’lumotlar → mahsulotlar uchun ma’lumotlar vitrinalari;
  • Milliy statistika qo‘mitasi API’lari, CSV/XLSX/JSON fayllari, ma’lumotlar bazalari va tashqi ma’muriy manbalardan ma’lumotlarni olish uchun ETL/ELT pipeline’larini yaratish va rivojlantirish;
  • mikrodata darajasida ma’lumotlarni anonimlashtirish va himoyalash mexanizmlarini pipeline’larda joriy etish;
  • ma’lumotlar sifatini nazorat qilish: sxemalarni validatsiya qilish, dublikatlarni aniqlash, turli manbalardagi ma’lumotlarni o‘zaro solishtirish va har bir ma’lumotlar to‘plami bo‘yicha metama’lumotlarni yuritish;
  • ML jamoasi uchun dataset va feature-vitrinalarni, jumladan STAT-AI, prognozlash modellari va geoanalitika yo‘nalishlari uchun ma’lumotlarni tayyorlash;
  • platforma uchun ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini shakllantirish;
  • ma’lumotlar bilan amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha o‘zgartirib bo‘lmaydigan jurnal yuritilishini ta’minlash;
  • pipeline’lar ishlashini monitoring qilish…

Здесь показан очищенный фрагмент описания из источника. Полные условия и актуальность вакансии проверьте на странице работодателя.

ИсточникHeadHunter / IT / UZ