Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике
Full stack developer — go / python / react (middle+ / senior)
Описание вакансии
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi huzuridagi “DigitStat — Raqamli statistika markazi” MCHJ jamoasi yuqori yuklamali axborot tizimlarini yaratish, zamonaviy backend va frontend yechimlarini ishlab chiqish hamda murakkab integratsion loyihalarda ishlashga tayyor bo‘lgan tajribali mutaxassisni Full Stack Developer — Go / Python / React (Middle+ / Senior) lavozimiga taklif etadi.
DigitStat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, milliy statistika tizimini raqamlashtirish bo‘yicha yagona integrator hisoblanadi.
Agar siz yuqori yuklamali servislarni yaratish, davlat axborot tizimlari va AI infratuzilmasini yagona ekotizimga integratsiya qilish, millionlab yozuvlar bilan ishlaydigan raqamli mahsulotlarni production darajasiga olib chiqish hamda davlat miqyosidagi IT loyihalarda o‘z tajribangizni qo‘llashni istasangiz — ushbu vakansiya aynan siz uchun!
Lavozim majburiyatlari:
- Go asosida yuqori yuklamali backend-servislarni, jumladan kafolatlangan SLA’ga ega ommaviy va korporativ API’larni loyihalash va ishlab chiqish;
- turli maxfiylik darajasidagi ma’lumotlar uchun ko‘p bosqichli kirish modelini, billing va obuna mexanizmlarini ishlab chiqish;
- Python (FastAPI/Django) yordamida ML infratuzilmasi bilan integratsiyalashgan servislarni, jumladan model wrapper’lari, RAG pipeline’lari va LLM javoblarini streaming qilish mexanizmlarini ishlab chiqish;
- React/TypeScript asosida katta hajmdagi ma’lumotlarning interaktiv vizualizatsiyasi, kartografik interfeyslar va real-time chat funksiyalariga ega mobile-first frontend yechimlarini yaratish;
- tashqi davlat axborot tizimlari bilan xavfsiz integratsiya arxitekturasini loyihalash, izolyatsiyalangan muhitlar, individual kalitlar va to‘liq audit jurnalini yuritish mexanizmlarini joriy etish;
- o‘n millionlab yozuvlar bilan ishlaydigan tizimlarning unumdorligini ta’minlash: PostgreSQL sxemalarini loyihalash, partitioning, caching…
Здесь показан очищенный фрагмент описания из источника. Полные условия и актуальность вакансии проверьте на странице работодателя.